INGLIZ TILIDAGI MATNLARGA FRANSUZ LUG‘ATINING KIRITILISHI: TARIXIY SHAKLLANISH, LINGVISTIK MEXANIZMLAR VA ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYALAR
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqola ingliz tilidagi matnlarga fransuz lug‘atining kirib kelish jarayonini tarixiy, strukturaviy, semantik va sotsiolingvistik nuqtayi nazardan kompleks tahlil qiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi fransuzcha leksik birliklarning ingliz tiliga o‘zlashish mexanizmlarini aniqlash, ularning tarixiy qatlamlarini tasniflash va zamonaviy ingliz yozuvida bajaradigan funksional hamda stilistik rolini baholashdan iborat. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 1066-yildagi Norman Conquest voqeasidan boshlab fransuz tili ingliz tilining leksik tizimiga chuqur integratsiyalashgan va bu jarayon globallashuv davrida ham faol davom etmoqda. Fransuz o‘zlashmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz olish, kalkalash, kod almashish, semantik kengayish, terminologik integratsiya va stilistik markazlashuv orqali ingliz tilining boyishi va murakkablashuviga xizmat qilgan.