BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Bekbergenova Zamira

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli vositalarning o‘rni ortib borayotgan sharoitda o‘quvchilarning o‘qish tezligi, matnni tushunish darajasi va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish masalalariga qaratilgan. Ish jarayonida ChatGPT hamda Google Read Along kabi sun’iy intellekt asosidagi platformalardan foydalanildi. Ushbu vositalar o‘quvchilarga individual yondashuv asosida o‘rganish, xatolarni tezkor aniqlash va tuzatish, shuningdek, o‘qish jarayonini interaktiv shaklda tashkil etish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning o‘qish tezligi va aniqligini oshirish, matn mazmunini chuqurroq anglash hamda mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, bunday texnologiyalar o‘quvchilarning darsga qiziqishini kuchaytirib, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligini rivojlantirishning samarali omillaridan biri hisoblanadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Articles

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##