RAQAMLI BAHOLASH VOSITALARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA TESTOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning testologik kompetentligini rivojlantirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida baholash jarayonini raqamlashtirish, o‘quv natijalarining obyektivligi va ishonchliligini ta’minlash testologik kompetentlikni pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismi sifatida qarashni taqozo etmoqda. Tadqiqotning maqsadi raqamli baholash vositalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda testologik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqish va uning pedagogik samaradorligini asoslab berishdan iborat. Maqolada testologik kompetentlikning mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda raqamli baholash vositalarining (Learning Management System, Google Forms, onlayn test platformalari) pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida tizimli, kompetentlikka yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlardan foydalanilgan. Shuningdek, test topshiriqlarining validliligi va ishonchliligini ta’minlashda raqamli texnologiyalarning o‘rni yoritib berilgan. Tadqiqot natijalari raqamli baholash vositalariga asoslangan texnologiya bo‘lajak o‘qituvchilarning testologik kompetentligini rivojlantirishga, baholash jarayonida sub’ektivizmni kamaytirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Maqola xulosalarida pedagogik oliy ta’lim muassasalarida testologik kompetentlikni rivojlantirish jarayoniga raqamli texnologiyalarni tizimli joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.