KOGNITIV FE’LLAR TASNIFI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada fe’lning gapdagi mazmuniy va grammatik markaz sifatidagi o‘rni hamda fe’l predikatlarining leksik ma’nodan kengroq semantik imkoniyatlari yoritiladi. S.D.Kasnelson qarashlariga tayangan holda fe’l predikatlarning “bo‘sh o‘rinlar” (valentlik) tizimi va ularning gap konstruksiyasini shakllantirishdagi tashkiliy roli asoslanadi. Zamonaviy tilshunoslikda fe’llarning yagona e’tirof etilgan mazmuniy tasnifi mavjud emasligi qayd etilib, paradigmatik yondashuv doirasida fe’llar invariant ma’noga ko‘ra faoliyat, holat, xususiyat va munosabat fe’llariga ajratilishi ko‘rsatib beriladi. Maqolaning asosiy e’tibori ruhiy faoliyat fe’llarining ichki mikromaydonlarini tasniflashga qaratilgan bo‘lib, sezish, xohish, idrok (umumiy idrok, ko‘rish, eshitish, hidlash), e’tibor, emotsional kechinma va munosabat, fikrlash hamda xotira fe’llari o‘zbek va ingliz tilidagi misollar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot kognitiv leksikani tizimlashtirish, qiyosiy semantika, tarjima va til o‘qitish amaliyoti uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.