O‘ZBEKISTON FLORASIDAGI NOYOB VA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI SAQLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan, jumladan Qizil kitobga kiritilgan dorivor va noyob o‘simliklarni saqlashda innovatsion ilmiy-amaliy yondashuvlarning ahamiyati adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Zomin, Kitob, Chimyon va Qizilqum hududlarida o‘tkazilgan dala kuzatuvlari va GIS tahlillari Ferula, Astragalus, Tulipa va Iris turkum turlarining populyatsiyalarida so‘nggi 10–15 yil ichida sezilarli kamayish bo‘lganini ko‘rsatdi. Tadqiqot shuningdek, O‘zbekistonda urug‘ banklari va genetik monitoring tizimlari to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani oqibatida genofond barqarorligiga xavf solayotganini ta’kidlaydi. Innovatsion yondashuvlar — mikroklonal ko‘paytirish, ex-situ konservatsiya, dron-monitoring, raqamli populyatsiya xaritalash va bioindikatorlardan foydalanish — noyob o‘simliklarni saqlash samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida taklif etilgan.