TO‘QIMACHILIK IPLARINING CHO‘ZILISH DEFORMATSIYASINI VEB-KAMERA ASOSIDA ANIQLASH: USULLAR TAHLILI VA QURILMA KONSEPSIYASI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Annotatsiya

Mazkur maqolada to‘qimachilik iplarining cho‘zilish deformatsiyasini baholashda qo‘llaniladigan an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilindi. Ip va tolalarning ishlab chiqarish hamda ekspluatatsiya jarayonlarida turli mexanik ta’sirlarga uchrashi natijasida yarim davrli, bir davrli va ko‘p davrli deformatsiyalar yuzaga keladi. Amaliy nazoratda deformatsiyani aniq va tez qayd etish, ayniqsa yuk berilgan dastlabki lahzalardagi o‘zgarishlarni o‘lchash mahsulot sifatini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Shu bois relaksometr tipidagi asboblar imkoniyatlari va ularning vaqt bo‘yicha cheklovlari ko‘rib chiqildi hamda deformatsiyani real vaqt rejimida qayd etishga mo‘ljallangan “veb-kamera + kompyuter dasturi” asosidagi optik o‘lchash qurilmasi konsepsiyasi bayon etildi. Taklif etilayotgan yondashuv yuk ta’sirida ip uzunligining o‘zgarishini raqamli qayd etish, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytirish va natijalarni jadval/grafik ko‘rinishida avtomatik shakllantirish imkonini beradi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Articles

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##