INGLIZ VA O‘ZBEK REKLAMA DISKURSIDA GENDER SEMANTIKASI QIYOSIY TAHLILI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi reklama diskursida gender semantikasining lingvistik hamda sotsiomadaniy mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot 100 ta reklama matni (50 ta ingliz tilidagi va 50 ta o‘zbek tilidagi) asosida qiyosiy diskursiv tahlil usuli yordamida amalga oshirildi. Natijalar ingliz tilidagi reklamalarda inklyuziv va gender-neytral ifodalarga moyillik mavjudligini, o‘zbek reklama matnlarida esa an’anaviy ijtimoiy rollar va madaniy stereotiplarning kuchliroq aks etishini ko‘rsatdi. Tadqiqot shuni tasdiqlaydiki, reklama diskursida gender semantikasi asosan grammatik tizim bilan emas, balki jamiyatning sotsiomadaniy qadriyatlari va kommunikativ strategiyalari bilan belgilanadi. Mazkur ish qiyosiy tilshunoslik, diskurs tahlili hamda tarjima nazariyasi yo‘nalishlarida qo‘llanilishi mumkin.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Articles

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##