XX ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI RUS MUHOJIRLIK ADABIYOTIDA AVLODLAR DIFFERENSIASIYASI VA BADIIY STRATEGIYALAR

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Ирина Доронина

Annotatsiya

Mazkur maqolada XX asrning birinchi yarmida shakllangan rus muhojirlik adabiyoti mustaqil madaniy-adabiy hodisa sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1917-yilgi Oktyabr inqilobidan keyingi birinchi emigratsiya to‘lqini natijasida yuzaga kelgan tarixiy-madaniy sharoit hamda “xorijdagi Rossiya” fenomenining shakllanishi ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor muhojir yozuvchilar ijodidagi avlodlar differensiasiyasiga hamda ularning badiiy strategiyalariga qaratiladi. Katta avlod vakillari XIX asr rus klassik adabiyoti an’analarini saqlab qolish va inqilobgacha bo‘lgan hayotni nostaljik hamda avtobiografik talqin etish tamoyiliga amal qilgan bo‘lsa, kichik avlod yozuvchilari emigratsiya tajribasini zamonaviy estetik shakllarda ifodalash va G‘arb adabiy an’analari bilan integratsiyalashishga intilgan. Maqolada nostalgiya, tarixiy falokatni badiiy anglash, avtobiografizm va ijodiy erkinlik muammolari asosiy tematik yo‘nalishlar sifatida tahlil etiladi. Xulosa sifatida rus muhojirlik adabiyoti XX asr rus adabiyoti taraqqiyotining muhim bosqichi ekani asoslab beriladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Articles

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##