TOJIK VA O‘ZBEK ADABIYOTIDA EPIK TASVIR AN’ANALARI

Main Article Content

Axmadjonov Parvizjon Maxamadzoda
Ixtiyorjonova Gulafshon Bunyodjonovna

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va fors adabiyotida epik an’ananing shakllanishi, rivoji va o‘zaro aloqadorligi qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganildi. Tadqiqot davomida epik asarlarning syujet-kompozitsion tuzilishi, qahramonlik va axloqiy g‘oyalar talqini, mifologik va tarixiy unsurlar uyg‘unligi tahlil qilindi. Fors adabiyotida Firdavsiy, Nizomiy va Jomiy ijodida epik tafakkur davlatlilik va milliy birlik g‘oyalari bilan uyg‘unlashgani aniqlansa, o‘zbek adabiyotida Alisher Navoiy ijodida epik an’ana ma’rifiy-falsafiy mazmun bilan boyitilib, insoniy kamolot va axloqiy barqarorlik g‘oyalari markaziy mavqega ega ekanligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari epik an’ananing milliy tafakkur va tarixiy sharoit bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi va Sharq adabiyotshunosligida epik merosni qiyosiy-tahliliy o‘rganish uchun ilmiy asos yaratadi.

Article Details

Section

Articles

How to Cite

TOJIK VA O‘ZBEK ADABIYOTIDA EPIK TASVIR AN’ANALARI. (2026). Bulletin of Innovative Research, 1, 153-158. https://innovationbulliten.com/index.php/journal/article/view/48

Similar Articles

You may also start an advanced similarity search for this article.