ZAMONAVIY TARJIMASHUNOSLIKDA EKOTERMINLAR TARJIMASINING XUSUSIYATLARI VA USULLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy tarjimashunoslik doirasida ekologik terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni tarjima qilish usullari tahlil qilinadi. Ekologik terminologiya ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy omillarni o‘zida mujassam etgan maxsus leksik qatlam sifatida tarjimonda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Tadqiqotda ekoterminlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar, xususan, termin semantikasining kontekstga bog‘liqligi, manba va tarjima tillari o‘rtasidagi qisman yoki to‘liq nomuvofiqlik hamda mos tarjima strategiyasini tanlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, so‘zma-so‘z tarjima, kalkalash, tavsifiy tarjima, moslashtirish, modulyatsiya va kompensatsiya kabi tarjima usullarining qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratiladi.