O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA MAKTABLARIDA TA’LIMNING ASOSI SIFATIDA KOGNITIV PSIXOLOGIYA (KOGNITIV PSIXOLOGIYA, KONSEPT NAZARIYASI, A.N. LEONTYEVNING FAOLIYAT NAZARIYASI)
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada mashhur amerikalik psixolog Skinnerning operant shartlanish (O‘Sh) haqidagi konsepsiyasi, A.N. Leontyevning faoliyat nazariyasi, kognitiv psixologiyaning nazariy postulatlari, shuningdek, Piaje (Piaget)ning bola rivojlanishi nazariyasini o‘rganish asosida hamda o‘tgan asrga oid aniq hayotiy voqealar misolida O‘zbekiston va Qirg‘iziston maktablari va oliy ta’lim muassasalarida ona tili bo‘lmagan (ingliz, rus) tillarni o‘qitish mazmuni va metodlarini takomillashtirish imkoniyatlari nazariy jihatdan asoslab beriladi.
So‘nggi yillarning muhim kashfiyotlaridan biri — tafakkur jarayoni bilan unga mos fiziologik faollik o‘rtasidagi bog‘liqlikning aniqlanishidir. Inson bilimi modeli, idrok, diqqat, xotira, oliy kognitiv jarayonlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Kognitiv psixologiyani har tomonlama o‘rganish inson ruhiy hayotining nozik va murakkab tuzilishini tashkil etuvchi barcha komponentlarni baholashni o‘z ichiga oladi. Kognitiv fanlarning ushbu yo‘nalishi asta-sekin boshqa yo‘nalishlarni darsliklardan siqib chiqarmoqda. Kognitiv psixologiya, avvalo, inson ongi haqidagi fan bo‘lib, u fikrlar, xulosalar chiqarish, til, xotira hamda sezgi stimullarining rolini o‘rganadi.