INGLIZ MILLIY SPORT O‘YINLARI: GOLF, FUTBOL, KRIKET VA TENNIS TERMINLARINING KOMMUNIKATIV VAZIFASI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz milliy sport o‘yinlari – golf, futbol, kriket va tennis terminlarining kommunikativ vazifasi lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sport terminlarining leksik-semantik xususiyatlari, ularning professional diskursdagi funksional yuklamasi hamda pragmatik ahamiyati o‘rganiladi. Sport terminlari nafaqat nominativ birlik sifatida, balki axborot uzatish, identifikatsiya, baholash va ijtimoiy birlikni shakllantirish vositasi sifatida talqin etiladi. Tahlil jarayonida terminlarning kontekstual qo‘llanilishi, metaforik kengayishi va ommaviy kommunikatsiyadagi roli aniqlanadi. Natijada ingliz sport terminologiyasi milliy-madaniy kod va global kommunikativ vosita sifatida faoliyat yuritishi asoslab beriladi.