BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDA GIMNASTIKA MASHQLARINI TANLASH MEZONLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada 7–10 yoshli gimnast qizlar uchun boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashqlarni tanlash mezonlari o‘rganilgan. Tadqiqotdan maqsad – badiiy gimnastika mashg‘ulotlarida bolalarning jismoniy va texnik rivojlanishiga xizmat qiluvchi samarali mashqlarni ajratib ko‘rsatish hamda ularni tanlash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Ilmiy-nazariy manbalar tahlili va trenerlar tajribasi asosida mashqlar tanlashning asosiy mezonlari belgilandi: mashqlar gimnastikaning muhim jismoniy sifatlarini (egiluvchanlik, muvozanat, kuch va koordinatsiya) rivojlantirishi; yosh sportchilarning anatomo-fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishi; texnika asoslarini shakllantirishi va xavfsizlik talablariga javob berishi lozim. Tadqiqot davomida boshlang‘ich guruhlar uchun eng muhim deb topilgan mashq turlari (cho‘ziluvchanlikka oid mashqlar, kuch va balansi rivojlantiruvchi mashqlar, oddiy akrobatik elementlar hamda halqa, to‘p kabi buyumsiz va buyum bilan bajariladigan mashqlar) tanlab olindi. Natijalar: taklif etilayotgan yondashuv bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi 6 oy mobaynida bolalar egiluvchanligi va muvozanatini sezilarli darajada yaxshilaganligi, gimnastika asosiy elementlarini o‘zlashtirish tezlashganligini ko‘rsatdi. Xulosa: Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashqlarni tanlash mezonlariga amal qilish orqali bolalarning sportga qiziqishini oshirish, jismoniy sifatlarni har tomonlama rivojlantirish va kelgusida yuksak sport natijalariga erishish uchun mustahkam poydevor yaratish mumkin.