Jurnal haqida
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2026-yil ________da №__________-sonli raqami bilan ro‘yxatga olingan. Jurnal 2026-yildan boshlab nashr etilib, unda respublikamiz oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, magistrantlar, doktorantlar, mustaqil va erkin tadqiqotchilar, pedagoglarning ilmiy maqolalari e’lon qilib borilmoqda.
Jurnalning maqsadi va vazifalari. Ilmiy xodimlarni, mutaxassislarni, olimlarni, shuningdek, magistrlar va doktorantlarni ilm-fanning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, ularning natijalari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda ilmiy yangiliklar bilan tanishtirish hamda omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.
Mutaxassislik. Jurnalda ilm-fanning barcha sohasi bo‘yicha ilmiy maqolalar chop qilinadi.
Jurnal 1 oyda 1 marta chiqadi. Jurnal uchun maqolalar o‘zbek, ingliz, rus, tojik, qoraqalpoq va boshqa tillarda qabul qilinadi.
Jurnalning muqova dizayni va original maketi “Innovatsion tadqiqotlar axborotnomasi” jurnali tahririyatida tayyorlanadi. Jurnal materiallari https://innovationbulliten.com/ sayti elektron tarzda tarqatiladi va maqolalar mazkur sayt orqali hamda https://t.me/innovatsion_taqdiqotlar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali qabul qilinadi.
Jurnalga qabul qilingan har bir maqola uchun DOI raqami olinadi. Jurnal 2026-yildan boshlab nashrdan chiqa boshlagan.
Muassis: Farg‘ona davlat universiteti.