FOROBIYNING MUSIQIY FALSAFASIDA AFLOTUN VA ARASTU QARASHLARI UYG‘UNLIGI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada Abu Nasr Forobiy musiqiy falsafasida uyg‘unlik tushunchasining mazmun-mohiyati hamda uning Aflotun va Arastu qarashlari bilan nazariy jihatdan aloqadorligi qiyosiy-falsafiy tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda uyg‘unlik tushunchasining ontologik, estetik, psixologik va axloqiy qatlamlari aniqlanib, Forobiy ta’limotida ushbu tushunchaning ko‘p darajali va integrativ qirralarni kasb etishi asoslab beriladi. Shuningdek, Forobiy yunon falsafiy merosini ijodiy o‘zlashtirib, musiqani matematik nisbatlar, ruhiy muvozanat va ijtimoiy barkamollikning yagona tizimi sifatida talqin qilgani ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari Forobiy musiqiy falsafasini Sharq va G‘arb intellektual an’analari o‘rtasidagi nazariy ko‘prik sifatida baholash imkonini beradi.